O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 32 YILLIGI MUNOSABATI BILAN "QO‘RIQLASH" BOSH BOSHQARMASI XODIMLARINI TAQDIRLASH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI
Bugun davlatimiz mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan Milliy gvardiya "Qo‘riqlash" bosh boshqarmasida o‘z mehnatlari va intilishlari bilan safdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulki va obyektlar daxlsizligini ta’minlash hamda "Qo‘riqlash" faoliyatiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh xodimlar tantanali tarzda mukofotlandilar.
Videokonferens aloqa tarzida tashkil etilgan bayram tadbirida Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik M.J.G‘aniyev so‘zga chiqib, "Qo‘riqlash" bosh boshqarmasi tizimlarida xizmat qilib kelayotgan xodimlarni, ularning oila a’zolarini hamda ko‘p millatli xalqimizni ushbu qutlug‘ ayyom bilan samimiy muborakbod etib, ularga o‘zining yuksak hurmati va ezgu tilaklarini bildirdi.
Soha ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shib, safdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh xodimlarga, ishchi va xizmatchilarga "Milliy gvardiya fidoyi xodimi" ko‘krak nishoni, "Qo‘riqlash" bosh boshqarmasi faxriy yorlig‘i hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Fursatdan foydalanib barcha yurtdoshlarimizni mustaqilligimizning 32 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!