BAYRAM ARAFASIDA INTELLEKTUAL OʻYINI TASHKILLASHTIRILDI
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jizzax mintaqaviy oʻquv markazida bayramni keng nishonlash va yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida “Bilimlar bellashuvi” intellektual oʻyini tashkillashtirildi.
Unda markazda tahsil olayotgan tinglovchilardan tuzilgan 4 jamoa oʻzaro kuch sinashdilar. Barcha jamoalar bayramona va koʻtarinki ruhda ishtirok etdilar. Hamkor tashkilot vakillari oʻz yoʻnalishlari boʻyicha ishtirokchilarni baholab borishdi. Munosiblarni baholash jarayoni hakamlar hayʼatiga juda qiyin kechdi.
Bellashuvlarning yakunida faxrli uchinchi oʻrinni IIV PPX xodimlaridan iborat “Qalqon” jamoasi, ikkinchi oʻrinni qayta tayyorlash vzvodi xodimlaridan iborat “Bilimdonlar” jamoasi va faxrli birinchi oʻrinni boshlangʻich tayyorgarlik vzvodining “Yosh gvardiyachilar” jamoasi egalladi. Musobaqa yakunida gʻolib va sovrindorlarga markaz rahbariyatining esdalik sovgʻalari hamda diplomlar topshirildi.