Yangiliklar

30 Aprel 2023

OLIY MAJLIS SENATI RAISI TANZILA NORBOYeVA SAMARQAND SHAHRIDA TASHKIL ETILGAN OILAVIY BOLALAR UYIGA TASHRIF BUYURDI

Tashrif davomida xonadon sohiblari hamda bolajonlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, o‘g‘il-qizlarning yashash sharoiti, oiladagi muhit, ota-onasi bilan munosabati, shuningdek, ulardagi mavjud muammolar o‘rganildi.

Uchrashuv davomida Oliy Majlis Senati raisi T.Norboyeva yoshlarni qiziqtirayotgan kasb-hunarlar xususida to‘xtalib o‘tdi. Har bir bolaning qiziqishi va qobiliyati e’tibordan chetda qolmasligini bildirdi. Qaysi soha bo‘lishidan qat’iy nazar yoshlarni kelajakda to‘g‘ri kasbni tanlashda va ona vatanga munosib o‘g‘il-qizlar etib tarbiyalashda barcha birdek mas’ul ekanligi ta’kidlandi.

Samimiy va esda qolarli uchrashuv bolajonlar tomonidan yod olingan she’riy parchalar bilan ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.

Tadbir yakunida tashkilotchilar tomonidan badiiy kitoblar jamlanmasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.