Yangiliklar

29 Iyul 2023

OILA – HAQIQIY BAXT VA HALOVAT QO‘RGʻONIDIR!

Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan Guliston shaharlararo va tuman "Qo‘riqlash" bo‘limlarida xizmat olib borayotgan xodimlar hamda ularning oila a’zolari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. Unda dastlab, mamlakatimizda Milliy gvardiya tizimida olib borilayotgan islohotlar, xodimlar faoliyatida yaratilayotgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar xususida so‘z yuritildi.

Boshqarma rahbariyati tomonidan xodimlarning oila a’zolari bilan o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlab, ular bilan turli xil ko‘ngilsiz holatlarni oldini olishdan iborat ekanligi ta’kidlanib o‘tilib, xodimlar tomonidan bugungi kunda sodir etilayotgan intizom buzilish holatlari, yo‘l transport hodisalari, turli tamagirlik holatlari va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tildi.

Tadbir so‘ngida sohada xizmat olib borish davomida zimmasiga yuklatilgan vazifalarga mas’uliyat bilan yondashib, hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan xodimlarning oila a’zolari tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.