Yangiliklar

22 Noyabr 2024

“Olov – tilsiz yov”

“Olov – tilsiz yov” – bu maqol insoniyatning hayotida muhim oʻrin tutgan, ammo ehtiyotsizlik yoki beparvolik natijasida dahshatli oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan tabiiy ofatdir.
Butun mamlakatimiz boʻylab davom etayotgan yongʻin xavfsizligi oyligi doirasida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar ham Milliy gvardiya tizimida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar hamda ularning oilalarining hayoti va sogʻligʻini asrashga qaratilgan hisoblanadi.
Mana shunday profilaktik tadbirlardan yana biri Milliy gvardiya Jizzax hamda Fargʻona mintaqaviy oʻquv markazlarida, shuningdek, Milliy gvardiya Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi va "Qoʻriqlash" boshqarmalari xodimlari uchun tashkil etilib, unda viloyat FVB masʼullari ishtirok etishdi. Oʻtkazilgan tadbirlarda mutaxassislar tomonidan markazlarning doimiy va oʻzgaruvchan tarkiblariga xonadonlarni isitishda is gazidan zaharlanish holatlarini oldini olish, qoʻlbola isitish moslamalaridan foydalanmaslik, tabiiy gazdan, elektr tokidan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qatʼiy amal qilishlari boʻyicha batafsil tushunchalar berilib, favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakat qilish boʻyicha nazariy va koʻrgazmali amaliy oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi.