KUN TARTIBIDA XIZMAT INTIZOMI
"Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi tizimlarida xizmat qilayotgan xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish, ular orasida mustahkam xizmat va ijrochilik intizomini mustahkamlash maqsadida bir qator uchrashuvlar tashkil qilinmoqda.
Jumladan, kuni kecha Jizzax viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari hamda ularning oila aʼzolari ishtirokida, shaxsiy tarkib orasida turli koʻrinishdagi huquqbuzarliklarni oldini olish, xodimlarning hayoti va sogʻligini asrash, shuningdek, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash borasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda masʼullar tomonidan xodimlarga xizmat intizomiga amal qilishlari, qonunchilikda xodimlarga berilgan vakolatlar, majburiyatlar hamda ularning oʻzlari va oila aʼzolarining ijtimoiy himoyasi borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan soʻz yuritishdi.
Tadbir soʻngida xodimlarning qiziqtirayotgan savollarga batafsil tushunchalar berib oʻtilib, namunali xizmat koʻrsatayotgan bir qator xodimlar hamda ularning ota-onalari tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.