"OCHIQ ESHIKLAR KUNI" DOIRASIDA YOSHLAR BILAN UCHRASHUV TASHKIL ETILDI
Namangan viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘quvchilar ishtirokida Ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.
Mazkur tadbirda o‘quvchilarga "Qo‘riqlash" boshqarmasida tashkil etilgan muzey eksponatlari, sohaga oid tarixiy buyumlar, texnik qo‘riqlash markazi faoliyati, zamonaviy qo‘riqlash signalizatsiya uskunalari, harbiy qurol aslahalarni ishlatish usullari, tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlarining xizmati va boshqa afzalliklar yuzasidan tushuntirishlar olib borildi. Tadbir jarayonida yoshlar "Qo‘riqlash" xizmati bo‘yicha ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.