Yangiliklar

8 Avgust 2024

XODIMLAR ISHTIROKIDA NAVBATDAGI PSIXOLOGIK TRENING TASHKIL ETILDI

Samarqand viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi psixologlari tomonidan "Qoʻriqlash" tizimlarida xizmat qilayotgan xodimlarning psixologik bilimlarini oshirish, xizmat faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish maqsadida muntazam ravishda malakali mutaxassis psixologlar bilan turli mavzularda seminarlar va davra suhbatlari olib borilmoqda.
Kuni kecha Samarqand shahar "Qoʻriqlash" boʻlimida sezgirlikni oshirish va xotirani mustahkamlashga qaratilgan navbatdagi trening mashgʻulotlari tashkil etildi. Trening davomida salbiy holatlarni oldini olish, jamoada maʼnaviy-ruhiy muhit barqarorligini taʼminlash, muammoli vaziyatni anglash, bartaraf etish yoʻlini topish, harakatlarga toʻgʻri baho berish kabi muhim maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, har bir xodim bilan individual chuqurlashtirilgan psixodiagnostik suhbatlar oʻtkazildi. Aytish kerakki, bu kabi mashgʻulotlar jamoadagi muhitni yaxshilash, xodimlar orasida hamjihatlik va doʻstlikni mustahkamlash, ishchanlik qobiliyatini oshirishga xizmat qilmoqda.