“MENING ARMIYAM – MENING FAXRIM” SHIORI OSTIDA NAVBATDAGI HARBIY-VATANPARVARLIK TADBIRI OʻTKAZILDI
Bugun mamlakatimizda oʻsib kelayotgan yosh avlodni ona-Vatanga mehr-muhabbat tuygʻusida tarbiyalash, yoshlarni jamiyatda munosib oʻrnini egallashi va kasbga yoʻnaltirish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda esa Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi ham munosib hissa qoʻshib kelmoqda. Milliy gvardiya Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi, viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi bilan hamkorligida umumtaʼlim maktablarida qator harbiy-vatanparvarlik tadbirlari oʻtkazilib kelinmoqda. Xususan, Samarqand shahridagi 8 umumtaʼlim maktabida “Mening armiyam – mening faxrim” shiori ostida navbatdagi harbiy-vatanparvarlik tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tadbir doirasida oʻquvchi yoshlar ishtirokida davra suhbati tashkil etilib, unda uzoq yillar huquq-tartibot idoralari tizimida samarali faoliyat yuritgan faxriylar yoshlar bilan hayotiy tajribalarini oʻrtoqlashdi, ertamiz egalarining kelajakda yurt taraqqiyoti uchun munosib hissa qoʻshishiga ishonch bildirdi.Shundan soʻng yoshlar Milliy gvardiya xodimlari xizmat vaqtida foydalaniladigan anjom-aslahalar va maxsus vositalar bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻlishdi. Tadbir yakunida oʻquvchilar ishtirokida sportning kamondan otish turi boʻyicha mahorat darsi ham tashkil etildi.