Yoʻl harakati xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan navbatdagi uchrashuv
Qoʻriqlash Departamentining Xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalarini qoʻriqlash boʻyicha alohida bataloni shaxsiy tarkibi ishtirokida yoʻl-transport hodisalarini oldini olish hamda yoʻl qoidalariga rioya qilish, shuningdek xizmat intizomini mustahkamlash va xodimlarning xizmatga shayligini nazorat qilish maqsadida davra suhbati oʻtkazildi.
Tadbir avvalida Toshkent shahar IIB YHXBning mutasaddi xodimlari tomonidan yoʻl-transport hodisalarini oldini olish hamda yoʻl qoidalariga rioya qilish yuzasidan targʻibot tushuntirish ishlari olib borildi.
Ochiq muloqotlar davomida yoʻl harakati qoidalariga soʻnggi kiritilgan oʻzgarish va qoʻshimchalar, harakat davomida asosiy eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan jihatlar, yoʻl-transport hodisalariga sababchi holatlar va ularni oldini olish borasida belgilangan tezlikni meʼyoridan oshirmaslik, spirtli ichimlik isteʼmol qilgan xolda hamda texnik nosoz transport vositalarini boshqarmaslik, hushyorlikni taʼminlash borasida gapirib oʻtilib, fikr va mulohaza qilishga undovchi, yoʻl transport hodisalari natijasida yuzaga kelgan ogʻir oqibatlarni oʻzida aks ettirgan videoroliklar namoyish qilindi. Shundan soʻng xodimlarning bilimlarini sinash uchun test sinovlari oʻtkazildi.
Bundan tashqari, xodimlar oʻrtasida xizmat intizomi va qonuniylikni taʼminlash, shaxsiy tarkibni Ona-Vatanga va kasbiga sadoqat ruhida tarbiyalash, oʻqitish va malakasini oshirish, kasbiy va jangovar tayyorgarligini yuksaltirish borasida doimiy ravishda chora-tadbirlar belgilanib, tegishli ishlar amalga oshirilib borilayotganligi toʻgʻrisida ham soʻz bordi.
Taʼkidlash joizki, tadbir yakunida mavzuga oid namoyish etilgan videoroliklar barchani ogohlikka va hushyorlikka chaqirganligi bilan ahamiyatli boʻldi.