Yangiliklar

21 Yanvar 2024

SHAXSIY TARKIB ISHTIROKIDA NAVBATDAGI PROFILAKTIK UCHRASHUV

Kuni kecha Toshkent viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi shaxsiy tarkibi ishtirokida navbatdagi profilaktik uchrashuv oʻtkazildi. Soʻz olganlar soʻnggi oylarda qoʻriqqa olingan obyektlarda nazoratni kuchaytirish, texnik qoʻriqlash vositalarining ish holatini nazoratga olish, tezkor harakatlanuvchi guruh ekipajining tashvish xabari boʻyicha belgilangan manzilga vaqtida yetib borishini nazorat qilish kabi bir necha yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, shaxsiy tarkibning maʼnaviy-axloqiy hamda ularning psixoemotsional holatini yanada mustahkamlash, nazorat oʻtkazish postlarida hushyorlikni kuchaytirish, tamagirlik va korrupsion holatlarga yoʻl qoʻymaslik, xizmatni vijdonan va sidqidildan olib borishga ahamiyat qaratishlari taʼkidlandi.

Bundan tashqari, masʼullar qonunchilikka kiritilayotgan oʻzgarish va qoʻshimchalar haqida maʼlumotlar berishdi. Bahs va munozaralarga boy tarzda oʻtgan uchrashuv soʻngida kelgusida amalga oshirilishi maqsad qilingan istiqbolli rejalar ham belgilab olindi.