Idoraviy qorovullik boʻlinmalari ishchi-xizmatchilarining malakasini oshirishga bagʻishlangan oʻquv-seminarlar davom etmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamkorligida taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan idoraviy qorovullik boʻlinmalari ishchi-xizmatchilarining malakasini oshirish maqsadida oʻquv-seminari oʻtkazib kelinmoqda. Mazkur oʻquv-seminarida mutaxassislar, xizmat hujjatlarini tegishli buyruq talablari asosida yuritish hamda belgilangan tartibda xizmat vazifalarini olib borishlari boʻyicha maʼlumotlar berib oʻtmoqda. Amaliy mashgʻulotlar davomida esa tinglovchilar, muassasaga kirib keluvchilarni ichkariga kiritish, qoʻriqlash texnik va himoya vositalaridan toʻgʻri foydalanish hamda tez tibbiy yordam koʻrsatish yuzasidan bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishmoqda.
Shuningdek, qorovullar obyektni qoʻriqlayotganda xizmat vazifasidan kelib chiqib harakatlanishi, obyektning xavfsizlik masalasini muntazam nazoratga olishi, oʻquvchilar tomonidan maktab hududida sodir etilishi mumkin boʻlgan huquqbuzarliklarni oldini olish, hududga begona shaxslarni kiritmaslik, favqulodda holat yuz berganda, belgilangan tartibda tezkorlik bilan harakatlanishi hamda tashvish tugmasi orqali "Qoʻriqlash" boʻlimlarining tezkor harakatlanuvchi guruhlariga, zarur boʻlganda tibbiy-tez yordam va Favqulodda vaziyatlar boʻlimlariga xabar berishi kabi vazifalar yuzasidan tushuntirishlar ham berilmoqda.