Yangiliklar

18 Sentyabr 2025

Xizmat intizomini mustahkamlash masalalari muhokama etildi

Kuni kecha Xorazm viloyatining Hazorasp va Tuproqqalʼa tumanlar Qoʻriqlash boʻlinmalari xodimlari va ularning oila aʼzolari ishtirokida xizmat intizomini mustahkamlash, qonun ustuvorligini taʼminlash masalalariga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Ushbu tadbirda soʻz olganlar tizimda tartib intizomni taʼminlash, qonunchilikni mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratilib, xodimlar oʻrtasida yoʻl qoʻyilayotgan xato va kamchiliklar atroflicha muhokama etildi. Xodimlarga eʼtibor qaratish lozim boʻlgan jihatlar xususida yoʻriqnomalar berildi. Bundan tashqari xodimlar oʻrtasida korrupsiya va boshqa qonunbuzarlik holatlarini oldini olish, salbiy holatlarni yuzaga keltiruvchi shart-sharoitlar va omillar xususida tushunchalar berildi.

Bundan tashqari, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish hamda joriy qilinayotgan yangi davlat yoʻl belgilari bilan tanishtirishga ham alohida eʼtibor qaratildi. Tadbir soʻngida xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga soha mutasaddilari tomonidan javoblar olishdi.