Favqulodda hollarda yongʻin xavfsizligi choralariga rioya qilish hamda hamkorlikda harakatlanish usullari muhokama etildi
“Qoʻriqlash” bosh boshqarmasi shaxsiy tarkibining favqulodda holatlarda harakatlanish tartibi, yongʻinlar va ularni oʻchirishda bilish zarur boʻlgan koʻnikmalarni mustahkamlash maqsadida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari ishtirokida amaliy mashgʻulot tashkil etildi.
Mashgʻulot davomida favqulodda holatlarda oʻzini tutish, atrofdagilariga zaruriy yordam koʻrsatish kabi muhim jihatlar muhokamalar markazida boʻldi.
Maxsus texnikalarda bino va inshootlarda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan yongʻinlarning oldini olish, ularni bartaraf etishda xodimlarning harakatlanish usullari, evakuatsiya vaqtida jabrlanuvchilarni toʻgʻri, xavfsiz hududlarga koʻchirish tartiblari haqida maʼlumotlar berildi.