Yangiliklar

3 Fevral 2024

XIZMAT INTIZOMI MASALALARI MUHOKAMA ETILDI

Navbatdagi davra suhbati Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi rahbariyati tomonidan Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumani Madaniyat markazida oʻtkazildi. Unda viloyatning barcha shahar va tuman "Qoʻriqlash" boʻlimlarida xizmat olib borayotgan xodimlar hamda ularning oila aʼzolari ishtirok etishdi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar xodimlar tomonidan xizmat intizom buzilishi holatlarini oldini olish, spirtli ichimlik isteʼmol qilib avtotransport vositalarini boshqarish oqibatida sodir boʻlayotgan yoʻl transport hodisalari, firibgarlik va tamagirlik qilmaslik va boshqa koʻngilsiz holatlarni oldini olish borasida soʻz yuritdi.
Shuningdek, Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan davra suhbatida birinchi galdagi maqsad – xodimlarning ota-onalari bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda bu orqali xodimlar bilan sodir boʻlishi mumkin boʻlgan koʻngilsizliklarni oldini olish ekanligi barcha ishtirokchilarga tushuntirilib, oʻzining fidoyiligi va mehnatsevarligi bilan boshqalarga oʻrnak boʻlib kelayotgan xodimlarning oila aʼzolariga tashakkurnomalar topshirildi.

Close menu