MUHOKAMA MARKAZIDA XIZMAT INTIZOMI MASALALARI BOʻLDI
Xodimlarning xizmat intizomini yanada mustahkamlash, ular orasida huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish va ularning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida Milliy gvardiya Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Respublika ishchi guruhi aʼzolari, viloyat Din ishlari boʻyicha qoʻmita vakillari, Fargʻona harbiy prokuraturasi masʼullari hamda hamkorlikdagi tashkilotlar ishtirok etdi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar tomonidan huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, korrupsion holatlarning oldini olish hamda virtual olamda avj olayotgan tavakkalchilikka asoslangan turli oʻyinlarning ayanchli yakuni haqidagi dolzarb mavzular borasida soʻz bordi. Shaxsiy tarkib orasidagi muammolarni oʻrganish, ularni erta aniqlash hamda bartaraf etish maqsadida masʼullarga zaruriy koʻrsatmalar ham berildi.
2023 yil davomida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar, xizmat intizomi va qonunchilik buzilish holatlari aniq misollar bilan koʻrsatib oʻtildi.
Shuningdek, radikallashuv, din va davlat munosabatlari haqida ham atroflicha soʻz borib, xizmat samaradorligini yanada oshirish lozimligi qayd etildi.