Yangiliklar

4 Oktyabr 2024

Xizmat intizomini mustahkamlash masalalari muhokama etildi

Termiz shahrida Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi shaxsiy tarkibi ishtirokida xizmat intizomini mustahkamlash, qonunchilikka rioya etish masalalari yuzasidan davra suhbati tashkil etildi. Unda Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari polkovnik S.Mamayusupov ishtirok etib, xodimlarga oʻtgan davr mobaynida yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar, xizmat intizomini qoʻpol tarzda buzish holatlarini aniq misollari orqali keltirib oʻtdi. Yigʻilishda quyi boʻgʻin rahbarlari shaxsiy tarkibga namuna boʻlishi, tartib-intizomning harbiy xizmatdagi ahamiyatini taʼkidlab, har bir xodim bu yoʻnalishda shaxsiy masʼuliyatini oshirishi zarurligi taʼkidlandi.
Tarbiyaviy profilaktik tadbirlarni koʻpaytirish, xodimlarning oila aʼzolari bilan manzilli ishlash, shukronalik tuygʻusini shakllantirish muhimligi qayd etildi. Uchrashuvda bu boradagi ishlarni jadallashtirish yuzasidan masʼul ofitserlarga tegishli koʻrsatmalar berilib, vazifalar yuklatildi. Yakunda ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob va maʼlumotlar oldilar.