Yangiliklar

17 Iyun 2024

XIZMAT INTIZOMINI MUSTAHKAMLASH MASALALARI MUHOKAMA ETILDI

Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi hamda viloyatning shahar-tuman "Qoʻriqlash" boʻlimlari xodimlari ishtirokida sohada xizmat intizomini mustahkamlash, qonun ustuvorligini taʼminlash masalalariga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda Termiz harbiy prokurori adliya polkovnigi SH.Mirzayev, Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi boshligʻi polkovnik A.Hoʻjamurotovlar tomonidan joriy yilning oʻtgan davri mobaynida xizmat intizomi va qonunchilik talablarining buzilishi bilan bogʻliq holatlar, shuningdek, yoʻl-transport hodisalari xususida alohida toʻxtalib oʻtildi. Boʻlinmalarda salbiy holatlarni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, shaxsiy tarkib va ularning oila aʼzolari bilan muntazam ravishda ishlash va suhbatlar oʻtkazib, mavjud muammolarini oʻrganish zarurligi taʼkidlandi. Tadbirda ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga masʼullar tomonidan tegishli javob va tushunchalar berildi.

Close menu