Xorazm viloyatida Qoʻriqlash boshqarmasi faoliyati boʻyicha oʻtkazilgan kompleks tekshiruv natijalari muhokama etildi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025 yil 7 martdagi 90-sonli farmoyishiga asosan, IIV ishchi guruhi tomonidan Xorazm viloyatidagi 12 ta shahar va tuman Qoʻriqlash xizmatlarining faoliyati kompleks inspektorlik tekshiruvidan oʻtkazildi.
Oʻrganishlar davomida Qoʻriqlash xizmatlari faoliyatining hozirgi holati tahlil qilinib, uni yanada takomillashtirish, xizmat samaradorligini oshirish hamda tizimdagi tashkiliy-amaliy ishlar sifatini yaxshilash boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
Tekshiruv natijalari boʻyicha Qoʻriqlash Departamenti boshligʻi, podpolkovnik B.Inogamov rahbarligida Xorazm viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda aniqlangan kamchiliklar tahlil qilindi va ularni bartaraf etish boʻyicha masʼul shaxslarga aniq vazifalar yuklatildi. Shuningdek, xizmat faoliyatini yanada takomillashtirish, xodimlarning malakasini oshirish va qonunbuzarliklarning oldini olish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlar belgilab olindi. Yigʻilish yakunida bir guruh xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar topshirildi.