OBODLIKKA HAMNAFAS MANZILLAR SONI KO‘PAYMOQDA
Barchamizga ma’lumki, yashil tabiat bugungi davrning qimmatli boyligi sanaladi. Shu boisdan respublikamizda “Yashil makon” umummilliy harakati bo‘yicha ishlar birlamchi vazifalar qatoriga kiritilgan.
Ushbu yo‘nalish bo‘yicha Xorazm viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan ham bir qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Kuni kecha Xiva shaharlararo "Qo‘riqlash" bo‘limi ma’muriy binosi atrofiga yangi nihollar o‘tqazildi.
Turli mevali va manzarali ko‘chatlar ma’muriy binolar atrofiga ekilib, hovli atrofi ko‘kalamzorlashtirildi.