Yangiliklar

28 Yanvar 2024

OBOD VA XAVFSIZ MAHALLA

Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Qoʻriqlash” boshqarmasi xodimlari tomonidan Kegeyli tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolar orasida "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.

Hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklarini ishonchli qoʻriqlashni taʼminlashda zamonaviy qoʻriqlash signalizatsiya uskunalaridan foydalanishni targʻib qilish maqsadida oʻtkazilgan profilaktik ishlar davomida fuqarolarga "Qoʻriqlash" xizmati afzalliklaridan foydalanish, sohaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va yaratilayotgan qulayliklar borasida tushunchalar berildi.

Oʻz obyekti yoki xonadonini "Qoʻriqlash" xizmatiga topshirmoqchi boʻlgan fuqarolar oshlik toʻlovlar miqdori, texnik vositalarga xizmat koʻrsatish tartiblari haqida ham batafsil maʼlumotlar berildi. Yakunda oʻz savdo doʻkonlarini qoʻriqqa topshirish istagini bildirgan tadbirkorlar belgilangan tartibda arizalar qabul qilindi. Bu kabi tadbirlar respublikamizning barcha hududlarda oʻtkazilmoqda.