Yangiliklar

15 Sentyabr 2025

Fuqarolarning tinch va osoyishta hayotini taʼminlash, huquq va erkinliklarini kafolatli himoya qilish – ichki ishlar tizimining bosh vazifalaridir

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari faoliyatining bosh maqsadi – “Inson qadri uchun” tamoyiliga amal qilishdir. Fuqarolarning tinch va osoyishta hayotini taʼminlash, ularning huquq va erkinliklarini kafolatli himoya qilish, jamiyatda adolat va qonun ustuvorligini mustahkamlash – ichki ishlar tizimining bosh vazifalaridan hisoblanadi.

Shu maqsadda Buxoro viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida xizmat intizomi, qonunchilikka qatʼiy rioya qilish va fuqarolarning huquqlarini ishonchli himoya qilish masalalariga bagʻishlangan profilaktik uchrashuv oʻtkazildi. Tadbirda boshqarma rahbariyati, xizmat olib borayotgan xodimlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda Qoʻriqlash xizmati xodimlarining kundalik faoliyatida xizmat intizomiga soʻzsiz amal qilish, har bir vazifani vijdonan bajarish, odob-axloq qoidalariga qatʼiy rioya etish zarurligi taʼkidlandi. Chunki har bir xodimning halol xizmat qilishi, fuqarolar bilan muloqotda samimiy va masʼuliyatli yondashishi – odamlar ishonchini qozonishning asosiy garovidir.