Yangiliklar

6 Iyul 2023

NORINLIK YOSHLARNING BO‘SH VAQTLARINI MAZMUNLI TASHKIL ETISH MAQSADIDA BOSHQARMAGA SAYOHAT UYUSHTIRILDI

Bugungi kunda yoshlarning sevimli sport turiga aylanib borayotgan ot sporti bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yigit-qizlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Namangan viloyatining Davlatobod tumanida joylashgan chavandozlar maktabi ham yoshlarning sevimli manziliga aylangan.

Bu yerda ertamiz egalari uchun doimiy kunora ot sporti turlari bilan mashg‘ulotlar yo‘lga quyilgan. Norinlik yigit qizlar uchun ham joriy oydan tulporlar yordamida mashg‘ulotlar tashkil etilib ularni sport bilan hamnafas qilishga ahamiyat qaratilmoqda.

Sayohatning davomi Namangan viloyat "Qo‘riqlash" boshqarmasida davom etdi. Yoshlar tinchlik posbonlarining mahoratini oshirish, ko‘nikmalarini mustahkamlash uchun tashkil etilgan maxsus xonalardagi qulayliklar, sohaga tadbiq etilayotgan innovasion yangiliklar bilan yaqindan tanishdilar. “Qo‘riqlash" xizmatining shonli tarixi aks etgan muzeyda esa o‘g‘il-qizlar bir necha yillar davomida takomillashib kelgan xavfsizlik tizimlari, "Qo‘riqlash" xizmatining rivojlanish bosqichlari bilan tanishtirildilar.

Close menu