HЕCH BIR BOLA DAVLAT G‘AMXO‘RLIGIDAN CHЕTDA EMAS
Mamlakatimizda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan islohotlar, eng avvalo, xalqimiz farovonligini yanada oshirish hamda ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Ushbu islohotlarning amaliy namunalaridan biri sifatida, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, ko‘makka muhtoj yetim bolalarni ro‘yxatga olish va manzilli ko‘mak ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish maqsadida “Mehr daftari” platformasi ishga tushirilgan edi.
Mazkur platformaga Milliy gvardiyasi tashabbusi bilan respublika miqyosida mehribonlik uylari sobiq bitiruvchilarining ro‘yxati shakllantirilib, kiritilmoqda. “Mehr daftari” platformasiga kiritilgan ana shunday yoshlardan biri 28 yoshli Isakov Muxriddinga Farg‘ona viloyatida yangi uyning kaliti topshirildi.
Shu kunning o‘zida Milliy gvardiya qo‘mondonligi va Respublika harbiy prokuraturasi mas’ullari bilan birgalikda Farg‘ona tumanida joylashgan Ro‘ziboyevlar tomonidan ochilgan “Kelajak va baxt” nomli oilaviy mehribonlik uyiga tashrif buyurildi.
Tashrif davomida bolalar uchun oiladagi yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar bilan yaqindan tashinib chiqildi. Bolalar bilan dildan suhbat qurilib, ular qalbidagi orzu istaklar tinglandi. Bolajonlar tomonidan yasalgan san’at asarlari tomosha qilindi hamda muammolar bo‘yicha kerakli ko‘rsatmalar berildi. Mehmonlar tomonidan olib kelingan sovg‘a salomlar bolajonlar qalbini quvonchga to‘ldirdi desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.