Yangiliklar

3 Iyun 2023

MILLIY GVARDIYA TOSHKЕNT SHAHAR "QO‘RIQLASH" BOSHQARMASIDA NAVBATDAGI DAVRA SUHBATI BO‘LIB O‘TDI

Milliy gvardiya Toshkent shahar "Qo‘riqlash" boshqarmasi rejasiga muvofiq bo‘linmalarda xizmat intizomini mustahkamlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi o‘tkazish va jinoyatchilikni oldini olish maqsadida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda Toshkent Harbiy prokuraturasi, Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mas’ullari ishtirok etib, xodimlar o‘rtasida xizmat intizomini mustahkamlash va jinoyatchilikni oldini olish hamda fuqarolar o‘rtasida sodir etilayotgan ayanchli yo‘l transport hodisalarining kelib chiqish sabablarini aniqlash, ularni bartaraf etish, ushbu holatlarni kelib chiqishining asosiy sabablari bo‘yicha fikrlar bildirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining tegishli buyrug‘i bilan joylarda jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlab kelayotgan bir guruh xodimlar taqdirlandi.