YANGI OʻZBEKISTON – YASHIL MAKONDA BIRGA YASHAYLIK!
Jizzax viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi Gʻallaorol tumani "Qoʻriqlash" boʻlimi shaxsiy tarkibi tomonidan "Yashil makon" umummilliy loyihasi ijrosi boʻyicha ishlar tashkil qilindi. Dastlab tuman hududida joylashgan 50 sotix yer maydoni begona oʻtlardan tozalanib, yerga ishlov berildi, mevali va manzarali koʻchatlar ekildi. Mahallalarda daraxtlarning qurigan shoxlari kesilib, atrof koʻkalamzorlashtirildi. Ichki yoʻl chetlariga turli navdagi nihollar va boshqa manzarali daraxt koʻchatlari ekilib, ariqlar tozalandi.
Bunday saʼy-harakatlardan koʻzlangan asosiy maqsad – xalqimizga xos ezgu fazilatlarni qadrlash, ezgulikni yoshlar qalbiga singdirish, mahallalarni koʻrkam koʻrinishga keltirishdan iborat. Shuningdek, oʻylaymizki, ushbu koʻchatlar kelgusida atrof-muhit tozaligiga va atmosferaning musaffolashishiga xizmat qiladi.