NAVBATDAGI BEGʻARAZ DONORLIK AKSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Kuni kecha Sirdaryo viloyati Qon quyish stansiyasi vakillari tomonidan viloyatning Oqoltin tumani "Qo‘riqlash" bo‘limi xodimlari ishtirokida “Men donorman” shiori ostida beg‘araz qon topshirish aksiyasi o‘tkazildi.
Mazkur xayriya aksiyada ko‘ngilli xodimlar faol ishtirok etib, bemor qalblarga yordam berish, o‘zgalar hayotini saqlab qolishda o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shishdi.
Asosiy maqsad – tibbiy-ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, insonlarni ko‘ngilli ravishda qon topshirishga chorlash orqali bemorlarning hayotini saqlab qolish, jamiyatda insonparvarlik va mehr-oqibat g‘oyalarini keng targ‘ib qilishga qaratilgan.
Muntazam tashkil etib kelinayotgan “Men donorman” aksiyasida donorlar safi kun sayin kengayib bormoqda. Bu ham bo‘lsa mutaxassislarning beg‘araz donorlik harakatini rivojlantirish borasida olib borayotgan sa’y harakatlarining natijasidir.
Bu kabi tadbirlar viloyatning barcha hududlarda davom etmoqda.