MILLIY GVARDIYA VA TAʼLIM MASKANLARI HAMKORLIGIDA OʻQUVCHI YOSHLAR BILAN UCHRASHUVLAR OʻTKAZILMOQDA
Yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash,ularni yurt taraqqiyotining eng muhim boʻgʻini sifatida kamol topishlariga koʻmaklashish maqsadida kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi hamda tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi masʼul xodimlari tomonidan Toshkent viloyati Qibray tumanidagi 11-umumiy oʻrta taʼlim maktabi, shuningdek "Yosh Temurbeklar" harbiy-vatanparvarlik sinf oʻquvchilari ishtirokida uch avlod uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda isteʼfodagi podpolkovnik Bahodir Toshpoʻlatov hamda polkovnik Oybek Azimovlar yigʻilganlar yoshlarga xizmat faoliyati davomida uchragan qiziqarli voqealar hamda harbiylikning mashaqqatli mehnatlari haqida soʻzlab berishdi. Shuningdek, soʻz olganlar oʻquvchilarga "Qoʻriqlash" xizmati xodimlarining xizmat faoliyati nimalardan iborat ekanligi haqida qisqacha maʼlumot berdilar.
Shuningdek, bugungi kunda yurtimizda yoshlar uchun taʼlim, sport va boshqa koʻplab sohalarda yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida soʻz yuritildi.