Yangiliklar

4 Oktyabr 2023

MILLIY GʻURUR – MENTALITETIMIZGA YOD GʻOYALARGA QARSHI MUSTAHKAM IMMUNITET

Milliy gvardiya Toshkent shahar "Qoʻriqlash" boshqarmasida "Totalizator oʻyinlar va psixotrop dorilar asr vabosi" mavzusida uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda Jamoat xavfsizligi universiteti psixologiya fanlari doktorlari hamda "Qoʻriqlash" xizmati xodimlari ishtirok etishdi.
Yigʻilganlarga bugungi kunda global muammolardan biriga aylanib ulgurgan totalizator oʻyinlari va yoshlarni oʻz domiga tortayotgan turli psixotrop moddalarning ayanchli oqibatlari haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Ushbu illatlarning inson hayotiga va uning psixologiyasiga boʻlgan salbiy taʼsiri hayotiy misollar bilan keltirildi. Shuningdek, farzandlar tarbiyasida eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan muhim jihatlar sanab oʻtildi hamda yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sportga, sanʼatga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirishga jiddiy eʼtibor qaratish kerakligi taʼkidlandi.
Tadbir davomida "Qoʻriqlash" xizmati xodimlarining xizmat intizomiga rioya etishi, belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida bajarishlari yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berildi.