KAMONDAN OTISH BOʻYICHA MILLIY TERMA JAMOAMIZ AʼZOLARI OSIYO KUBOGINING BIRINCHI BOSQICHI OLDIDAN QIZGʻIN TAYYORGARLIK KOʻRISHMOQDA
Xabaringiz bor, joriy yilning 19-26 fevral kunlari Bagʻdod shahrida (Iroq) kamondan otish boʻyicha Osiyo kubogining birinchi bosqichi boʻlib oʻtmoqda. Hozirgi kunda oʻz oldiga katta rejalar qoʻygan kamondan otish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi yakuniy bahslarga kirishishdan oldin qizgʻin tayyorgarlik koʻrmoqda.
Xususan, malakali murabbiylar tomonidan umumjismoniy, maxsus va texnik-taktik tayyorgarlik boʻyicha uzluksiz mashgʻulotlar, shuningdek, jamoada sogʻlom maʼnaviy-ruhiy muhitni shakllantirish, merganlarning oʻzlariga boʻlgan ishonch va ruhiy barqarorligini taʼminlashga qaratilgan seminar-treninglar oʻtkazilmoqda.
Taʼkidlash joizki, ertaga, 25 fevral kuni merganlarimiz quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha bahslarga kirishadi:
1. Toshkent vaqti bilan soat 12:25да Abdusattorova Ziyodaxon, Xamroyeva Nilufar va Nurmanova Jasmina ayollar oʻrtasida jamoa birinchiligi yoʻnalishi boʻyicha Xindiston jamoasi bilan 1 oʻrin uchun kurashadi;
2. Toshkent vaqti bilan soat 12:50да Sadikov Amirxon, Chen Yao Yuy va Abdulxamidov Shoxjaxon erkaklar oʻrtasida jamoa birinchiligi yoʻnalishi boʻyicha Iroq jamoasi bilan 3 oʻrin uchun kurashadi;
3. Toshkent vaqti bilan soat 13:40да Abdusattorova Ziyodaxon va Sadikov Amirxon MIX yoʻnalishi boʻyicha Qatar jamoasi bilan 3 oʻrin uchun kurashadi;
4. Toshkent vaqti bilan soat 14:20да Abdusattorova Ziyodaxon va Xamroyeva Nilufar yakkalik yoʻnalishi boʻyicha oʻzaro 3 oʻrin uchun kurashadi;
5. Toshkent vaqti bilan soat 14:35да Sadikov Amirxon va Bangladesh sportchisi Rubel MD Hakim Ahmed bilan yakkalik yoʻnalishi boʻyicha 3 oʻrin uchun kurashadi.
Milliy terma jamoamizga xalqaro arenada oʻz mahorat va epchilligini namoyish etib, yurtimizga ulkan gʻalaba bilan qaytishini tilab qolamiz!