"XALQ VA ARMIYA – BIR TANU, BIR JON!"
Kuni kecha Milliy gvardiya Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan Andijon shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari ishtirokida “Xalq va armiya – bir tanu, bir jon!” shiori ostida vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda oʻquvchi yoshlarga harbiy anjom-aslahalar koʻrgazmasi tashkil etilib, Tigr laqabli xizmat itining qiziqarli chiqishlari namoyish etildi. Shuningdek, tadbir soʻngida oʻquvchi yoshlar bilan kamondan otish va ot sporti boʻyicha mahorat darslari oʻtkazildi.
Tadbirdan koʻzlangan maqsad, oʻquvchi yoshlarni harbiy kasbga yoʻnaltirish hamda vatanparvarlik sifatlarini oshirishdan iborat.