Yangiliklar

8 Mart 2024

BAYRAM MUNOSABATI BILAN OILAVIY BOLALAR UYIGA TASHRIF BUYURILDI

8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi boshligʻi podpolkovnik R.Jabborov hamda viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasi boshligʻi polkovnik A.Hoʻjamurotovlar Termiz shahri, Termiz, Angor va Denov tumanlaridagi oilaviy bolalar uylariga tashrif buyurdilar. Xonadonlardagi oila aʼzolari, oʻgʻil-qizlar holidan xabar olinib, Milliy gvardiya qoʻmondonining bayram tabrigi oʻqib eshittirildi. Bahoriy goʻzallik va nafosat egalari muborakbod etilib, esdalik sovgʻalari tuhfa etildi.