Namangan viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi texnik qoʻriqlash markazi xizmat avtomashinalarining qish mavsumiga tayyorligi koʻrikdan oʻtkazildi.
Namangan viloyati IIB JXX YHXB Texnika nazorati boʻlimi xodimlari tomonidan Qoʻriqlash boshqarmasi texnik qoʻriqlash markazining tezkor harakatlanuvchi guruhiga biriktirilgan xizmat avtomashinalari kuz-qish mavsumiga tayyorligi tekshirildi.
Koʻrik davomida xizmat avtomashinalarining tashqi yoritgichlari, dvigatel sozligi, tormoz tizimi va boshqa qismlari sinchkovlik bilan tekshirilib, transport vositasi biriktirilgan xodimlarga yogʻingarchilik sharoitida avtomashinani xavfsiz boshqarish boʻyicha tavsiyalar berildi.
Tekshiruvdan koʻzlangan asosiy maqsad — xodimlar faoliyati samaradorligini oshirish, shoshilinch chaqiruvlarga oʻz vaqtida yetib borish va avtomobillar texnik holatini mavsumiy talablarga toʻliq moslashtirishdan iborat.