Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan tizimda koʻp yillar samarali mehnat qilib nafaqaga chiqgan hamda xizmat vaqtida halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolari holidan xabar olinmoqda
Bayram kunlari muhtojlar holidan xabar olish, ularning ogʻirini yengil qilish va dardiga malham boʻlish xalqimizga xos eng ezgu fazilatlardan biridir. Bejizga Ramazon hayiti mehr-muruvvat, xayr-saxovat va ezgu amallar bayrami deyilmaydi. Shuning uchun ham ayni bayram arafasida Navoiy viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi tomonidan tizimda koʻp yillar samarali ishlagan, hozirda nafaqa gashtini surayotgan hamda xizmat vaqtida mardlarcha halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolari xolidan xabar olindi.
"Qoʻriqlash" boshqarmasi rahbariyati tomonidan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari, bolajonlarga esa oʻquv qurollari, kitoblar toʻplamlari hamda oʻyinchoqlar sovgʻa qilindi. Ularning yashash sharoiti hamda moddiy ahvoli oʻrganilib, masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi. Bunday ezgulikka yoʻgʻrilgan xayriya tadbirlari jamiyatimizda mehr-oqibat, odamiylik, ezgulik kabi fazilatlarni yanada kuchaytirishi bilan birga barchani xayrli ishlar sari undaydi, albatta.