KONSTITUTSIYA KUNIGA BAGʻISHLANGAN KOʻRGAZMALI TADBIR OʻTKAZILDI
8 dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan Surxondaryo viloyatida “KONSTITUTSIYA koʻchasi” deb nomlangan ramziy yoʻlakcha tashkil etildi.
Unda Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa tegishli mutasaddi tashkilotlar oʻzlarining faoliyatlari haqida koʻrgazmali chiqishlar qilib, avtotransport va texnik vositalari bilan ishtirok etishdi.
Oʻtkazilgan tadbirlar davomida Konstitutsiyamizning yaratilishi, takomillashtirish bosqichlarini ifoda etadigan “KONSTITUTSIYA tarixi” burchagi va fotokoʻrgazmasi, Bosh qomusimizni oʻrgatish boʻyicha zamonaviy metodika asosida tayyorlangan darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari va maxsus adabiyotlar koʻrgazmasi, bannerlar hamda boshqa koʻrgazmali materiallar joylashtirildi.
Tashkil etilgan tadbir davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan tegishli maʼlumotlar olishdi.