Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining 33 yilligi arafasida Milliy gvardiyaning Mintaqaviy oʻquv markazlarida bitiruvchilarga tantanali ravishda sertifikatlar topshirish tadbirlari boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining 33 yilligi arafasida Milliy gvardiya Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Fargʻona hamda Jizzax mintaqaviy oʻquv markazlarida tantanali ravishda sertifikatlar topshirish marosimlari boʻlib oʻtdi. Tadbirlarda mintaqaviy oʻquv markazlari rahbariyati va masʼullari soʻzga chiqib, "Qoʻriqlash" boʻlinmalarining tezkor harakatlanuvchi guruhlar xodimlarini malakasini oshirish dasturi boʻyicha oʻquv yigʻinlarida ishtirok etgan tinglovchilarni sertifikat qabul qilganliklari va oʻquv yigʻinlarini muvaffaqiyatli yakunlaganliklari bilan tabrikladi. Shuningdek, ularga sihat-salomatlik, tinchlik-omonlik, kelgusi xizmat faoliyatlari davomida xalqimiz osoyishtaligi yoʻlida olib borayotgan sharafli ishlarida ulkan zafarlar tiladi.