ISHONCHLI HIMOYA – XOTIRJAM ISHLAR KAFOLATI
Milliy gvardiya Andijon viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi tomonidan Andijon shahridagi Gʻayrat, Hunarmandlar hamda Ishchilar MFYlardagi mavjud boʻlgan savdo obyektlar, ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi savdo doʻkonlari va dorixonalarda targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.
Oʻtkazilgan targʻibot tadbirlari davomida fuqarolarga "Qoʻriqlash" xizmati afzalliklaridan foydalanish, sohaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va yaratilayotgan qulayliklar borasida tushunchalar berildi.
Targʻibot tadbirlari yakunida obyektlar va savdo markazlarini yangidan qoʻriqlovga topshirish istagini bildirgan fuqarolar tegishli tartibda arizalar olindi.