Qoʻriqlash departamenti boshligʻi Toshkent viloyatida Qoʻriqlash faoliyatini takomillashtirish yuzasidan oʻrganish ishlarini olib borilmoqda
Davlatimiz rahbarining Ichki ishlar organlarining Qoʻriqlash sohasidagi faoliyatini samarali tashkil etish borasidagi vazifalari ijrosini taʼminlash maqsadida Qoʻriqlash Departamenti boshligʻi Q.A.Shodibekov rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan Toshkent viloyatida Qoʻriqlash faoliyatini tubdan isloh qilish, qoʻriqlash boʻlinmalari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Toshkent viloyatida oʻrganish ishlari olib borildi.
Oʻrganishlar davomida qoʻriqlanayotgan obyektlarning texnik mustahkamlik holatlari, xodimlarning xizmat oʻtash sharoiti va taʼminlanganlik darajasi, shuningdek jangovar tayyorgarlik holati bilan tanishildi. Obyektlar rahbarlari bilan uchrashilib, qoʻriqlanayotgan hududlarning xavfsizligini oshirish va raqamli texnologiyalar imkoniyatlarini keng joriy etish masalalari muhokama etildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish va bildirilgan takliflar yuzasidan boshqaruv apparati xodimlariga koʻrsatmalar berilib, barcha zaruriy vositalar ajratildi.
Shuningdek masʼullarga Qoʻriqlash boʻlinmalari monitoring markazlari faoliyatni Ichki ishlar organlari navbatchilik qismlar bilan uzviy bogʻlash, tezkor harakatlanuvchi guruhlarning faoliyatini sohaviy xizmatlar bilan birgalikda tashkil etish hamda jinoyat va huquqbuzarliklarda hamkorlikda harakatlanishlarini tashkil etish boʻyicha topshiriqlar berildi.