Qoʻriqlash boshqarmasida boʻsh boʻlgan ish oʻrinlarga yangi nomzodlar xizmatga qabul qilindi
Yoshlarni ish bilan taʼminlash, Qoʻriqlash xizmatiga malakali yosh nomzodlarni ishga saralab olish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Navoiy viloyati Qoʻriqlash boshqarmasidagi boʻsh boʻlgan saf boʻlinmalariga hamda harbiylashtirilgan soqchilik boʻlinmalariga yangi nomzodlar qabul qilindi.
6 kun davom etgan tanlovda nomzodlar boʻy oʻlchash, sport, psixologik test sinovlari hamda nomzodlarning bilim saviyalarini tekshirish maqsadida yakuniy suhbat sinovlaridan saralanib olindi.
Shundan soʻng, mazkur tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar hamda ularning ota-onalari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi. Tadbirda boshqarma boshligʻi, uning oʻrinbosari hamda Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi xodimlari tomonidan korrupsion holatlarga yoʻl qoʻymaslik, belgilangan tartib-qoidalarga amal qilishlari xususida toʻxtalib oʻtildi.
Uchrashuv yakunida tinglovchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga masʼullar tomonidan atroflicha javob oldilar.