Joylarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasidagi targʻibotlar davom etmoqda
Xabaringiz bor, respublikamiz boʻylab Qoʻriqlash Departamenti va uning hududiy boʻlinmalari xodimlari tomonidan jinoyatchilikning oldini olish va aholining mulkiy xavfsizligini taʼminlash maqsadida keng qamrovli targʻibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, kuni kecha oʻtkazilgan bu kabi tadbirlar davomida asosiy eʼtibor mahallada joylashgan savdo va maishiy xizmat koʻrsatish obyektlari, aholi xonadonlari hamda koʻp qavatli uylarning kirish yoʻlaklarini Texnik qoʻriqlash markazi tizimiga ulash masalalariga qaratildi.
Shuningdek, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar oʻrtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, shu orqali jinoyatchilikka qarshi samarali kurashish borasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan aholiga batafsil tushuntirishlar berildi. Tadbirlar davomida qoʻriqlash xizmati imkoniyatlari, uning qulayliklari va samaradorligi haqidagi maʼlumotlar keng jamoatchilikka yetkazildi.
Bunday tashabbuslar jinoyatchilikni oldini olish, aholi tinchligi va xavfsizligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etib, kelgusida ham davom ettirilishi rejalashtirilgan.