Joylarda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasidagi targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda
Fargʻona viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi rahbariyati hamda IIB bilan birgalikda aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida targʻibot tadbirlari boʻlib oʻtdi.
Tadbirlar davomida hududlarda jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklarini ishonchli qoʻriqlashni taʼminlashda zamonaviy qoʻriqlash signalizatsiya uskunalaridan foydalanishni targʻib qilish, fuqarolarga Qoʻriqlash xizmati afzalliklaridan foydalanish, sohaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va yaratilayotgan qulayliklar borasida tushunchalar berildi.
Ushbu tadbirlar orqali har bir obyektda nazorat va xavfsizlikning mustahkam tizimi yaratilib, oʻsha hududdagi jinoyatchilik xavfi sezilarli darajada kamaymoqda. Shuningdek, mazkur profilaktik tadbirlar nafaqat mulkiy xavfsizlikni taʼminlash, balki umumiy jamoat osoyishtaligini mustahkamlashga erishilmoqda.