Yangiliklar

28 May 2025

Joylarda maʼnaviy va maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilib kelinmoqda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mintaqaviy oʻquv markazida tahsil olayotgan tinglovchilarining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, Vatanga sadoqat va vatanparvarlik tuygʻularini shakllantirish maqsadida joylarda maʼnaviy va maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilib kelinmoqda.

Shunday tadbirlarning biri Nukus shahridagi I.Savitskiy nomidagi Davlat sanʼat muzeyida tashkil etildi. Muzeyda joylashgan turli xil mavzusidagi eksponatlar bilan tanishib chiqdi hamda xalqimizning boy madaniy tarixi haqida koʻplab maʼlumotlarga ega boʻlishdilar.

Taʼkidlash joizki, muzey fondida oʻtgan asrning avangard rassomlar yaratgan asarlar toʻplangan. Qoraqalpoq xalq ustalari tomonidan yaratilgan zargarlik, yogʻoch oʻymakorligi, kashtadoʻzlik, toʻqimachilik (ayniqsa, oʻtov jihozlari) va boshqa asarlar amaliy sanʼat boʻlimida jamlangan.

Muzeyga uyushtirilgan bu kabi sayohatlar tinglovchilarning maʼnaviy dunyosini boyitish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, milliy anʼana va qadriyatlarini oʻrganish, ularni targʻib etish va kelgusi avlodlarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.