Yangiliklar

12 Mart 2024

BIZ JINOYATCHILIKKA QARSHIMIZ!

Bugungi kunda, yoshlar oʻrtasida avj olayotgan huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, yoshlarga sodir etilayotgan huquqbuzarliklar keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan oqibatlarini tushuntirish maqsadida, kuni kecha Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi masʼullari tomonidan Fargʻona shahrida joylashgan 45-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining yuqori sinf oʻquvchilari ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar tomonidan hozirgi kunda yoshlar oʻrtasida sodir etilayotgan jinoyat va huquqbuzarliklar, ularning turlari hamda huquqiy oqibatlari toʻgʻrisida misollar orqali batafsil tushunchalar berildi. Savol javob tariqasida oʻtkazilgan mazkur davra suhbatida yigʻilganlar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga kerakli javoblarni oldilar.

Close menu