Muzeylar – tarixning sirli xilqatlarini oʻzida mujassam etgan holda xalqlar madaniyatini, qadriyatlarini tarannum etuvchi maskan va davlatlarni bir-birlariga yaqinlashtiruvchi koʻprik hisoblanadi.
Muzeylar – tarixning sirli xilqatlarini oʻzida mujassam etgan holda xalqlar madaniyatini, qadriyatlarini tarannum etuvchi maskan va davlatlarni bir-birlariga yaqinlashtiruvchi koʻprik hisoblanadi.
Qoʻriqlash departamentining hududiy xizmatlari xodimlarini oʻz tarixiga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda ajdodlar qoldirgan boy madaniy merosni asrab avaylash tuygʻularini shakllantirish, xizmatdan boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida muzeylarga sayohatlar tashkil etilmoqda.
Sayohatlar davomida mutaxassislar tomonidan tarix va qadimiy milliyligimizga oid tarixiy yodgorliklar tanishtirilib, ushbu mavjud eksponatlar yuzasidan tushunchalar berilib, berilgan izohlar orqali xodimlar ajdodlarimiz qoldirgan boy meros bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻlishdi.
Albatta, bu kabi tadbirlar xodimlarning tariximizga boʻlgan qiziqishini ortishi, oʻziga boʻlgan ishonchi va jangovar shayligining oshishida muhim oʻrin tutadi.