Muzeylar – tarixning jonli koʻzgusi
Muzeylar haftaligi munosabati bilan Namangan viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi hamda shahar Qoʻriqlash boʻlimi xodimlarining maʼnaviy dunyoqarashini kengaytirish, tarixiy bilimlarini oshirish maqsadida viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyiga sayohat tashkil etildi.
Tadbir doirasida xodimlar muzeydagi bebaho tarixiy eksponatlar, xalqimizga xos boʻlgan moddiy va maʼnaviy meros namunalari bilan yaqindan tanishdilar. Muzey mutaxassislari tomonidan tarixiy davrlar, milliy urf-odatlar, madaniy taraqqiyot bosqichlari haqida qiziqarli maʼlumotlar berildi.
Mazkur sayohat xodimlar uchun nafaqat bilim va tafakkurni boyitish, balki Vatanga boʻlgan mehrni yanada mustahkamlash, milliy qadriyatlarga ehtirom tuygʻusini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.