Yangiliklar

19 Avgust 2024

MUZEYLAR TARIXNING JONSIZ SOʻZLOVCHISI!

Kuni kecha Milliy gvardiya Xorazm viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari Urganch shahridagi Oʻzbekiston zamonaviy sanʼat muzeyiga tashrif buyurishdi.

Dastlab mazkur muzey haqida mutaxassis tomonidan umumiy maʼlumotlar yetkazildi. Shundan soʻng ishtirokchilar oʻz tarixiyligi va jozibadorligini yoʻqotmagan muzey sanʼat asarlari bilan tanishishdi. Darhaqiqat, muzeylar bu ajdodlarimizdan bizga meros boʻlgan boylikni kelajak avlodga yetkazib beradigan ilmiy, maʼnaviy-maʼrifiy xazina boʻlib, u yillar davomida boyib, toʻlib boradi.

Taʼkidlash joizki, bu kabi sayohatlar davomida ayniqsa yoshlarimiz yurtimiz tarixini yanada chuqurroq oʻrganishlariga, tariximiz naqadar oʻzoq oʻtmishga borib taqalashini anglashlariga koʻmaklashishi bilan ahamiyatlidir.