Muzeylar – madaniy-maʼnaviy meros oʻchogʻidir
Fargʻona viloyati mintaqaviy oʻquv markazi tinglovchilari, shuningdek Margʻilon shaharlararo Qoʻriqlash boʻlimi xodimlari hamda ularning oila aʼzolarining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ularning tarixiy bilimlarini mustahkamlash va oʻzbek adabiyotiga boʻlgan qiziqishlarini oshirish maqsadida Margʻilon shahrida joylashgan Erkin Vohidov memorial muzeyiga sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida mutafakkir hayoti va ilm-maʼrifat yoʻlidagi izlanishlarini aks ettirgan asori-atiqalar xodimlarda unutilmas taassurot qoldirdi. Muzeyning 3 ta boʻlimida saqlanayotgan madaniy yodgorliklar adib ijod namunalari hamda kitoblari bilan tanishgan xodimlar tarixning jonli koʻzgusiga guvoh boʻlishdi.
Oʻylaymizki, ushbu sayohat oilaviy munosabatlarni yaxshilash bilan bir qatorda tashrif buyuruvchilarda oʻzgacha bir taassurot qoldirdi.