MUZEYLAR – MADANIY-MAʼNAVIY MEROS OʻCHOGʻIDIR
Muzeylar – tarixning sirli xilqatlarini oʻzida mujassam etgan holda xalqlar madaniyatini, qadriyatlarini tarannum etuvchi maskan va davlatlarni bir-birlariga yaqinlashtiruvchi koʻprik hisoblanadi.
18 may – Xalqaro muzeylar kuni bayrami munosabati bilan hamda "Qoʻriqlash" xizmati xodimlari va ularning oila z‘zolarini oʻz tarixiga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda ajdodlar qoldirgan boy madaniy merosni asrab avaylash tuygʻularini shakllantirish maqsadida hududiy madaniyat va tarix muzeylariga ekskursiyalar uyushtirildi. Tashriflar davomida tinglovchilar muzeylarning amaliy sanʼat boʻlimlarida qadimiy xalqlarning uy-roʻzgʻor buyumlari bilan tanishgan boʻlsalar, etnografiya boʻlimlaridan esa kiyim-kechaklar oʻrin olgan. Ilmiy xodimlar bu maskanlarda yashagan mahalliy xalqlarning turmush tarzi haqida soʻzlab berishdi. Shundan soʻng xodimlar muzeylardagi asori-atiqalar bilan tanishtirildi. Bir olam taassurotlar bilan muzeylarda saqlanayotgan madaniy yodgorliklar bilan tanishgan xodimlar tarixning jonli koʻzgusiga guvoh boʻlishdi. Bu kabi sayohatlar xodimlarning maʼnaviy dunyosini boyitish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, milliy anʼana va qadriyatlarini oʻrganish, ularni targʻib etish va kelgusi avlodlarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.