Yangiliklar

26 Sentyabr 2025

Muzeylar — tarixning sirli xilqatlarini oʻzida mujassam etgan holda xalqlar madaniyatini, qadriyatlarini tarannum etuvchi maskan va davlatlarni bir-birlariga yaqinlashtiruvchi koʻprik hisoblanadi.

Muzeylar — tarixning sirli xilqatlarini oʻzida mujassam etgan holda xalqlar madaniyatini, qadriyatlarini tarannum etuvchi maskan va davlatlarni bir-birlariga yaqinlashtiruvchi koʻprik hisoblanadi.

Kuni kecha Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda Qashqadaryo viloyati Qoʻriqlash boshqarmalari xodimlarini oʻz tarixiga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda ajdodlar qoldirgan boy madaniy merosni asrab avaylash tuygʻularini shakllantirish maqsadida muzeylarga sayohatlar tashkil etildi.

Sayohatlar davomida mutasaddilar tomonidan xodimlarga muzeylar tarixlari va qadimiy milliyligimizga oid tarixiy yodgorliklar tanishtirilib, mavjud eksponatlar yuzasidan tushunchalar berildi. Bir olam taassurotlar bilan saqlanayotgan madaniy yodgorliklar bilan tanishgan xodimlar tarixning jonli koʻzgusiga guvoh boʻlishdi.

Uyushtirilgan bu kabi sayohatlar xodimlarning maʼnaviy dunyosini boyitish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, milliy anʼana va qadriyatlarini oʻrganish, ularni targʻib etish va kelgusi avlodlarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.