Yangiliklar

31 Avgust 2025

Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan xizmat vaqtida halok boʻlgan safdoshlarimizning oila aʼzolarini ijtimoiy himoyasini taʼminlash, shuningdek tizimda samarali xizmat qilib kelayotgan xodimlarning ota-onalarini munosib ragʻbatlantirishga bagʻishlangan tadbirlar boʻlib oʻtdi

Yurtimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Andijon viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi tomonidan tantanali tadbir oʻtkazildi. Tadbir davomida boshqarmada samarali faoliyat olib borayotgan bir guruh xodimlar hamda ularning oila aʼzolari boshqarma boshligʻi tomonidan munosib taqdirlandi. Bu kabi eʼtirof va ragʻbatlantirish tadbirlari xodimlarning ruhiy kayfiyatini yanada koʻtarib, ularni xizmatga boʻlgan sadoqatini mustahkamlaydi. Shuningdek, oila aʼzolarining eʼtibordan chetda qolmasligi, Qoʻriqlash xizmatidagi inson omiliga boʻlgan yuksak munosabatning yorqin ifodasidir. Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga bayram tabriklari izhor qilindi va kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolindi.

Mamlakatimiz boʻylab “Vatan uchun, Millat uchun, Xalq uchun“ shiori bilan keng miqyosda nishonlanayotgan bayram shodiyonalari arafasida Buxoro viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida ham tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Qoʻriqlash boshqarmasi rahbariyati, shaxsiy tarkibi, faxriylar hamda Jamoatchilik kengashi aʼzolari qatnashdilar.
Tantanali tadbir ochilishida Davlatimiz rahbari boshchiligida yurtimiz osoyishtaligi, mahallalarimizning farovonligi, xalqimiz xotirjamligi hamda har bir fuqaroning manfaatlarini munosib himoya qilishda shu yurt qalqoniman deya xizmat qilayotgan ichki ishlar organlari xodimlarining munosib hissasi borligini taʼkidlab oʻtildi.
Tadbir davomida jamoat tartibini mustahkamlash, qonun ustuvorligini taʼminlash, yurt tinchligini muhofaza qilishda jasorat va fidoyilik koʻrsatgan, shuningdek, sohada koʻp yillik samarali mehnati va yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda munosib hissa qoʻshgan Faxriylar hamda xodimlarga tashakkurnomalar topshirildi.

Bundan tashqari, Jizzax hamda Navoiy viloyatlari Qoʻriqlash boshqarmalari rahbariyatlari tashabbusi bilan tizimda fidokorona mehnat qilib, oʻz xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolari hamda sohada uzoq yillar sadoqat bilan xizmat qilib, bugungi kunda nafaqada boʻlgan xodimlarning uylariga tashrif buyurishib holidan xabar olindi. Vatanimiz tinchligi va farovonligi yoʻlida xizmat qilgan xodimlarning farzandlariga, ota-onalariga juda katta minnatdorchilik bildirishdi. Halok boʻlgan xodimlarning xotirasi yana bir bor yodga olindi shu bilan birga xizmat vaqtidagi xotiralar xotirlandi.
Shuningdek, tizimda uzoq yillar xizmat qilib, xodimlarga boy hayotiy tajribasini ulashib kelayotgan nafaqadagi faxriylar hamda tibbiyot muassasalarida davo muolajasini olayotgan xodimlar farzandlari holidan xabar olinib, tibbiy muassasalar va sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalar, shuningdek esdalik sovgʻalari topshirildi.